Joriy yilning 1- may holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida yirik korxonalar tomonidan 4,7 ming tonna tozalangan o‘simlik yog‘i ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish hajmi 3,3 ming tonnaga kamaygan.
Ma'lumot o‘rnida, so'ngi uch yil yanvar-aprel oylarida o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish hajmi:
2020- yil – 8,0 ming tonna
2019- yil – 6,4 ming tonna
2018- yil – 7,2 ming tonna ishlab chiqarilgan.
Matbuot xizmati