2021- yil 26- may kuni Energetika va sanoatni axborotlashtirish fakulteti, Menejment kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda talabalari bilan “Aholini ro’yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati va unda aholining faol ishtirokini taminlash” mavzusida To’raqo’rg’on tumani statistika bo’limi yetakchisi A.Kamalov ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar treningni To’raqo’rg’on tumani statistika bo’limi yetakchisi A.Kamalov kirish so’zi bilan ochib berib, Aholini ro’yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati va unda aholining faol ishtirokini taminlash to’g’risida to’xtalib o’tib, respublikamizda 2023- yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish belgilanganligi, hozirgi kunda ushbu tadbirga puxta tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar to’g’risida batafsil, tushuntirishlar berdi. Takidlandiki 2023- yil 1-5 noyabr kunlari internet tarmog’i orqali 11-22 noyabr kunlari esa xonadonlarga tashrif buyurgan holda so’rov o’tkazish orqali aholini ro’yxatga olish amalga oshiriladi.
Tadbir yakunlariga ko’ra Ro’yxatga olish jarayonlariga xodimlar o’z xoxishlariga ko’ra vaqtincha jalb qilinib, ular tomonidan uyma-uy yurgan holda aholidan so’rov o’tkazish orqali savolnomalar to’ldiriladi. Mazkur tadbirda aholining faol ishtirok etishi muhimligi aytib o’tildi. SHuningdek ro’yxatga olish davrida o’z xonadoniga kiritishni istamaganlar o’z hududidla tashkil etiladigan inspektorlik uchastkkalarida faoliyat yurituvchi statsionar ro’yxatga olinuvchilarga murojaat qilgan holda ro’yxatdan o’tishlari mumkinligi takidlab o’tildi. Uchrashuv so’nggida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi.
Matbuot xizmati