04/06/2021

2021- yilning 2–10- iyun kunlari BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi hamda Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan iste'mol narxlari indeksi (INI) bo'yicha ekspertlar guruhi yig'ilishi bo‘lib o‘tadi.

5ekon040621

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirda Davlat statistika qo‘mitasidan Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig'i Muxtor Umarov, Narx statistikasi bo'yicha yig'ma tahliliy ma'lumotlarni shakllantirish bo'limi boshlig'i Javohirbek Jamaldinov va Iste'mol narxlari statistikasi bo'limi boshlig'i Shovkat Xaynazarov ishtirok etmoqda.

2ekon040621

2- iyun kuni bo‘lib o‘tgan tadbirda ekspertlar iste'mol narxlari bo‘yicha yangi ma'lumotlar manbalari, izolyatsiyalash sharoitida INIni ishlab chiqish, narxlarni skanerlash hamda boshqa masalalar yuzasidan fikr-mulohaza almashdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar pandemiya davrida iste'mol narxlari indeksini tuzish, bu borada mamlakatlar tajribasi hamda izolyatsiya sharoitida INIni tayyorlash bo'yicha qo'llanma loyihasini ko'rib chiqdi.

3ekon040621

 

Ta'kidlash joizki, ushbu qo'llanma mamlakatlarga favqulodda vaziyatlarda harakat rejalarini tuzish va barqaror ishlab chiqarish tizimlarini yaratishda katta ko‘mak beradi.

4ekon040621

Ushbu tadbir iste'mol narxlari indeksi bo'yicha statistik ma'lumotlarni to'plash metodologiyasini yaxshilash va “Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi – 2020-2025” ni amalga oshirishda belgilangan “Yo'l xarita”da qayd etilgan vazifalarga erishishga xizmat qiladi.

Matbuot xizmati