11/06/2021

Аholining ayrim toifalarini roʼyxatga olishning xususiyatlari:
- chaqiruv asosida harbiy xizmatni oʼtayotgan harbiy xizmatchilar, shuningdek, yopiq hududlarda shartnoma boʼyicha harbiy xizmatni oʼtayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari Mudofaa vazirligi va boshqa qurolli kuchlarning yopiq hududlari boʼyicha roʼyxatdan oʼtadilar. Yopiq hududlardan tashqarida oʼz shaxsiy uyida istiqomat qilib, harbiy xizmatni oʼtayotganlar va ularning oila aʼzolari doimiy yashash joyi boʼyicha roʼyxatdan oʼtadilar;
- ozodlikdan mahrum qilish muassasalaridagi shaxslar, jazoni oʼtash joyi boʼyicha roʼyxatga olinadi;
- maktab internatlarida taʼlim oladigan va faqat dam olish kunlari uylariga qaytadigan oʼquvchilar ota yoki onasining doimiy yashash joyi boʼyicha roʼyxatga olinadi;
- roʼyxatga olish davrida shifoxona, sanatoriya va shu kabi boshqa ijtimoiy tashkilotlarda 1 yildan ortiq muddatdan buyon davolanayotganlar ushbu tashkilotlar manzili boʼyicha roʼyxatga olinadi;
- doimiy yashash joyiga ega boʼlmagan shaxslar (uysizlar) roʼyxatga oluvchiga ajratilgan hudud (manzil) boʼyicha roʼyxatga olinadi. Аgar roʼyxatga oluvchilar oʼz uchastkasida uysizlarga duch kelsa, ularni 4-shakl boʼyicha roʼyxatdan oʼtkazadi va har biri uchun 2-shaklni ham toʼldiradi;
- Oʼzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar qoshidagi Oʼzbekiston Respublikasi vakolatxonalari va missiyalari xodimlari boʼlgan fuqarolar va ularning oila aʼzolari, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlardagi kvotalangan lavozimlarga yuborilgan fuqarolarni roʼyxatga olish Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Matbuot xizmati