09/06/2021

Namangan viloyatida oliy ta’lim tizimida oliy harbiy bilim yurtlaridan tashqari 3 ta oliy ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularning tarkibida 1 ta universitetlar va 2 ta institutlar faoliyat yuritmoqda. Namangan viloyatida 2020/2021-o‘quv yili boshiga oliy ta’lim tashkilotlari soni 3 tani tashkil etib, ularda tahsil olayotgan talabalr o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5591 taga (4,6%) ko‘paydi.

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari soni, kishi (2020/2021- o‘quv yili boshida)

Institutlar talabalari - 10 492 ta,

Universiet talabalari - 15 497 ta, 

Jami talabalar - 25 989 tani tashkil etadi.

Ma'lumot o'rnida, 2020/2021- o‘quv yili boshiga oliy ta’lim tashkilotlarida jami 25989 nafar talaba tahsil olayotgan bo‘lib, ularning asosiy qismi yaʼni 15497 nafar talaba (59,6 %) Universitetda tahsil olmoqda.

Matbuot xizmati