Namangan viloyatida 2020/2021-o‘quv yili boshida jami umumta’lim muassasalari soni 726 tani tashkil etdi va 2016/2017- yilning mos davriga nisbatan 39 taga ko‘payib, 5,3 % ga oshgan.
Ma'lumot o'rnida, 2020/2021-o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalarida jami 510,6 ming nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Ushbu ko‘rsatkich 2016/2017-o‘quv yili boshida 114,0 ming nafarga (28,7% ga), 2017/2018-o‘quv yili boshida 84,4 ming nafarga (19,8% ga), 2018/2019-o‘quv yili boshida 36,4 ming nafarga (7,7% ga), o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,7 ming nafarga (1,7% ga) oshganligi kuzatildi.
Matbuot xizmati