15/06/2021

   

Dunyo mamlakatlariga aholi va uy-joy fondini roʼyxatga olishni rejalashtirish va uni oʼtkazishda yordam koʼrsatish maqsadida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Yevropa ittifoqining statistika xizmati va bir qator aʼzo davlatlar ish- tirokida tayyorlangan “Evropa statistiklari konferentsiyasining 2020- yil raundida aholi va uy-joy fondini roʼyxatga olish boʼyicha tavsiyalari” nomli qoʼllanma BMT Аholishunoslik jamgʼarmasining texnik koʼmagi asosida Davlat statistika qoʼmitasi mutaxassislari tomonidan oʼzbek tiliga tarjima qilindi.
   Taʼkidlash joizki, bugungi kunda dunyoda 200 dan ortiq davlat boʼlib, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida mazkur qoʼllanmaning faqat ingliz, frantsuz va rus tillaridagi talqinlari (tarjimalari) joylashtirilgan, xolos. Uning ilk marotaba oʼzbek tiliga tarjima qilinishi va BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi yangi Oʼzbekistondagi islohotlarning, xususan, aholini roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazish uchun koʼrilayotgan tayyorgarlik jarayonlarining dunyo hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak baholanayotganligi va tan olinayotganligidan dalolat beradi.
   Yana bir muhim jihati, oʼzbekcha qoʼllanmaning BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida jahon tillaridagi talqinlari bilan yonmayon turishi esa har birimizga gʼurur bagʼishlab, ona tilimizning dunyodagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu tavsiyalar mamlakatimizda aholini roʼyxatga olishni oʼtkazishga tayyorgarlik jarayonlarida ishtirok etuvchilarning bilimini oshirib, tadbirning sifatli oʼtkazilishida muhim rol oʼynaydi.

 

Matbuot xizmati