16/06/2021

2021- yilning yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni 184 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 taga yoki 1,7 foizga oshganligini ko‘rish mumkin.

 

✅ Yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning hududlar bo‘yicha soni (2021- yil yanvar-may oylarida, birlikda)
? Namangan shahri – 20 ta,
? Mingbuloq tumani – 5 ta,
? Kosonsoy tumani – 7 ta,
? Namangan tumani – 19 ta,
? Norin tumani – 3 ta,
? Pop tumani –3 ta,
? Toʼraqoʼrgʼon tumani – 58 ta,
? Uychi tumani – 4 ta,
? Uchqoʼrgʼon tumani – 11 ta,
? Chortoq tumani – 15 ta,
? Chust tumani – 12 ta,
? Yangiqoʼrgʼon tumani – 27 tani tashkil etdi.

✅ Maʼlumot oʼrnida, 2021- yilning 1- iyun holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 1 145 tani tashkil etadi.

Matbuot xizmati