O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Qarori ijrosini taminlash yuzasidan 2021- yilning 25- iyun kuni Namangan viloyati Uchqo'rg'on tumanida targ’ibot ishlari olib borildi.
Tadbirda tuman statistika bo'limi xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 710-son Qarorining mazmun mohiyati to‘g’risida tushuntirishlar berib, aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, ro‘yxatga olishning nima uchun zarurligi hamda qarorda aholini ro‘yxatga olish savolnomalari tasdiqlanganligi tog’risida tushuntirishlar berib o‘tildi.
Aholi xonadonlarining raqamlanish holatlari to’g’risida tegishli tushuntirish ishlari olib borilib mazkur mahalla hududidagi xonadon egalaridan xonadon raqamlarini uyning devorlari yoki darvozalariga joylashtirib qo’yishlari yuzasidan tushuntirish berildi.
Ta’kidlash lozimki, mazkur tadbirlar Yevropa Statistiklar Konferensiyasining 2020- yil raundida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha tavsiyalari asosida tashkil etilmoqda
Matbuot xizmati