18/06/2021

2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu tadbir davomida mamlakatimizning 726 ta mahallasida ayollar, bolalar va uy xo'jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to‘g‘risida muhim ma‘lumotlarni yig'ishdan iborat.

Hozirda viloyat statistika boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan MIСS kuzatuvi supervayzer hamda intervyurlar tomonidan Yangiqo'rg'on tumanidan tanlab olingan respondetlar bilan MICS kuzatuvi o‘tkazilmoqda. Kuzatuvlar belgilangan tartibda shaxsan respondetlar bilan suhbatlashish orqali elektron koʼrinishda planshetlarda amalga oshirilmoqda. 

Ma'mumot o‘rnida, kuzatuv jarayoni Namangan viloyati boʼyicha 48 ta mahallada joylashgan 960 ta uy xoʼjaliklari tanlab olingan.  MICS ma'lumotlarini yig'ish 2021- yil 31- iyulgacha davom etadi. 

 

Matbuot xizmati