21/06/2021

Namangan viloyati bo‘yicha 2021-yilning yanvar-may oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 4 843,2 mlrd. so‘m ni tashkil etib, 2020-yil yanvar-may oylariga nisbatan 7,7 % ga ko‘paygan.

Shuningdek, Namangan viloyati bo`yicha chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Namangan shahri 44,2 % ulush bilan 2 139,3 mlrd. so‘m ni tashkil etdi.

 Hududlar kesimida chakana savdo tovar aylanmasi, (mlrd. so‘m)

? Namangan shahri – 2139,3,
? Mingbuloq tumani – 136,8,
? Kosonsoy tumani – 219,0,
? Namangan tumani – 220,2,
? Norin tumani – 201,0,
? Pop tumani – 287,9,
? Toʼraqoʼrgʼon tumani – 306,0 ,
? Uychi tumani – 222,5,
? Uchqoʼrgʼon tumani – 185,5,
? Chortoq tumani – 195,4 ,
? Chust tumani – 513,8,
? Yangiqoʼrgʼon tumani – 215,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

✅ Maʼlumot oʼrnida, Namangan viloyati chakana savdo tovar aylanmasida deyarli barcha tumanlarda o'sish sur’atlari kuzatildi. Chakana savdo tovar aylanmasining tarkibiy qismlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga 92,5 % va yirik korxonalar hissasiga 7,5 % to‘g‘ri keldi.

Matbuot xizmati