2021- yil yanvar-may oyi yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi 414,4 mln.AQSh dollarini tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 99,4 mln.AQSh dollariga ko`paydi.
TSA da eksport hajmi 172,5 mln.AQSh dollariga (25,2 % ga ko`paydi) va import hajmi 241,2 mln.AQSh dollariga (36,2 % ga ko`paydi) yetdi. Hisobot davrida – 68,7 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
2021- yil yanvar-may oylarida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega davlatlar:
Rossiya Federatsiyasi - 116,4 mln.AQSh dollari,
Xitoy Xalq Respublikasida - 110,5 mln.AQSh dollari,
Qozog`iston - 45,8 mln.AQSh dollari,
Turkiya - 40,6 mln.AQSh dollari,
Qirg’iz Respublikasi - 22,8 mln.AQSh dollari,
Hindiston - 9,3 mln.AQSh dollari,
Ukraina - 6,0 mln.AQSh dollari,
Polsha - 5,9 mln.AQSh dollari,
Tayvan - 5,0 mln.AQSh dollari,
Germaniya - 4,6 mln.AQSh dollarini tashkil etdi.
Ma'lumot o'rnida, Namangan viloyati, jahonning 64 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.
Matbuot xizmati