22/06/2021

✅ Joriy yilning yanvar-may oylarida viloyatning eksportyorlar soni 317 tani tashkil etib, ular tomonidan 172,5 mln.AQSh.dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta`minlandi. Bu ko'rsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan 25,2 % ga ko`paydi

2021- yilning yanvar-may oylarida, eksport tarkibida tovarlar ulushi 97,8 % ni tashkil etib, bundan;

? Sanoat tovarlari (72,5 %),

? Oziq-ovqat mahsulotlari (15,9 %)

? Mashinalar va transport asbobuskunalari (2,4 %) hissasiga to`g`ri kelmoqda.

✅ Ma'lumot o'rnida, Hamkor mamlakatlarning tovarlar va xizmatlar eksporti bo`yicha geografiyasi 2020-yining mos davriga nisbatan 38 davlatdan 41 davlatga ko’paydi. 

Matbuot xizmati