Joriy yilning 22- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda demografiya va mehnat statistikasini takomillashtirish bo‘yicha vebinar o‘tkazildi.
Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.
Vebinar davomida demografiya va mehnat statistikasi bo‘yicha savol-javob o‘tkazildi. Hududiy statistika boshqarmalarining Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi xodimlari savollarga javob berish jarayonida O‘zbekiston Respublikasida demografik holat, doimiy aholi soni, aholi sonining hududlar bo‘yicha taqsimlanishi, hududlar kesimida tug‘ilganlar soni va tug‘ilish koeffitsiyenti kabi yo‘nalishlarda batafsil ma’lumot berdi.
Qo‘mita markaziy apparat xodimlari soha bo‘yicha qo‘shimcha tushunchalar berib, demografiya va mehnat statistikasini takomillashtirish bo‘yicha fikr-mulohaza bildirdi.
Tadbir so‘nggida sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish unumdorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Matbuot xizmati