Respondentlar tomonidan hisobot taqdim etilishida qulayliklar yaratish, hisobot ma'lumotlarini eStat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish va elektron taqdim etishda yuzaga keladigan savollarga javob berish, shuningdek tushunmovchiliklar oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarning oldini olish hamda mehnat statistikasiga oid davlat statistika hisobotlarini to‘liq va o‘z vaqtida qabul qilib olinishini ta'minlash maqsadida, hisobot taqdim etuvchilar uchun belgilangan reja-grafikka muvofiq amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 21- iyun kuni Namangan shahrida "4-mehnat (choraklik) Davlat statistik hisobotini eStat4.0 onlayn tizimi orqali taqdim etish" mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda mehnat statistikasiga oid davlat statistika hisobotlarini taqdim etuvchi yuridik shaxslar, xususan tibbiyot muassasalari, maktabgacha ta'lim va umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda “eStat 4.0 onlayn tizimidan foydalangan holda 4-Mehnat choraklik Davlat statistika hisobotini muddatidan kechiktirmay xato va kamchiliklarsiz taqdim etish hamda “Statistika tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Matbuot xizmati