Joriy yilning 21- iyun kuni Yangiqo'rg'on tumani “Nurafshon” mahallasida tanlab olingan respondetlar bilan MICS kuzatuvi o‘tkazildi.
Kuzatuvlar belgilangan tartibda shaxsan respondetlar bilan suhbatlashish orqali elektron koʼrinishda planshetlarda amalga oshirilmoqda.
To’plangan ma'lumotlar va ko'rsatkichlar O'zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishish yo'lidagi taraqqiyotini kuzatish uchun muhim omil bo'ladi va xalqaro ma'lumotlar bazalariga kiritiladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, ular ijtimoiy xizmatlar sohasida qarorlar qabul qilish, milliy siyosatni, rivojlanish va xizmat ko’rsatish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ham zarurdir.
Ma'lumot o'rnida, joriy yilning 5- apreldan Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) boshlangan edi. Ushbu tadbir davomida mamlakatimizning 726 ta mahallasida ayollar, bolalar va uy xo'jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to‘g‘risida muhim ma‘lumotlarni yig'ishdan iborat. Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) ma'lumotlarini yig'ish 2021- yil 31- iyulgacha davom etadi.
Matbuot xizmati