23/06/2021

✅ 2021-yil yanvar-may oylarida import hajmi 241,9 mln.AQSh dollarini tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 136,5 % ga o‘sdi. Import tarkibida eng katta ulushi, sanoat tovarlari (40,5 %) mashinalar va transport asbob-uskunalari (25,1 %),hamda Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (14,5 %) hisobiga to`g`ri keldi.

Joriy davrda import qilingan tovarlar va xizmatlar tarkibi tahlili shuni ko`rsatdiki, 2020-yilning mos davriga nisbatan;

? Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar importining ulushi 36,2 % ga oshdi,

? Kimyo mahsulotlari va buyimlari importining ulushi 21.4 % ga oshdi,

? Mashina va asbob-uskunalar 42.7 % ga oshdi.

Hisobot davri yakunlariga ko`ra, import bo`yicha hamkor davlatlar orasida Xitoy Xalq Respublikasi umumiy import hajmida 34,8 % ulushi bilan Qozog`istonni 12,6 % ortda qoldirgan holda, birinchi o`rinni egalladi.

Ma'lumot o'rnida, 2021-yil yanvar-may oyi yakuni bo’yicha Namangan viloyati tomonidan 58 davlat bilan tovarlar va xizmatlar importi amalga oshirildi.

 Matbuot xizmati