24/06/2021

Mamlakatimizda multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) davom etmoqda. Avval xabar berganimizdek, multiindikator klaster kuzatuvlari shu yilning 5- apreldan buyon o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirni sifatli o'tkazish maqsadida viloyat statistika boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan MIСS kuzatuvi supervayzer hamda intervyurlar tomonidan Chortoq tumani “Beshkapa” mahallasida tanlab olingan respondetlar bilan MICS kuzatuvi o‘tkazilmoqda. 

Ushbu tadbir davomida mamlakatimizning 726 ta mahallasida ayollar, bolalar va uy xo'jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to‘g‘risida muhim ma‘lumotlarni yig'ishdan iborat.

2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholining yashash sharoitlari to‘g‘risida ma'lumotlar yig‘ishdir.

To’plangan ma'lumotlar va ko'rsatkichlar O'zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishish yo'lidagi taraqqiyotini kuzatish uchun muhim omil bo'ladi va xalqaro ma'lumotlar bazalariga kiritiladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, ular ijtimoiy xizmatlar sohasida qarorlar qabul qilish, milliy siyosatni, rivojlanish va xizmat ko’rsatish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ham zarurdir.

Multiindikator klaster kuzatuvlari 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘g‘risida onalar yoki vasiylaridan olingan aniq ma'lumotlarni, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) va jinsi bo‘yicha to‘plangan barcha ma'lumotlarni mamlakatlar miqiyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi.

MICS ma'lumotlarini yig'ish 2021- yil 31- iyulgacha davom etadi.

Matbuot xizmati