✅ 2021- yilning yanvar-may oylarida, Namangan viloyati bo'yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 31.7 % ni tashkil etib, bu 1322.2 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi.
Savdo xizmatlari tarkibi, % da (2021-yilning yanvar-may oylarida)
? Joriy davrda chakana savdo xizmatlari ulushi, umumiy savdo xizmatlari hajmining 77.7 % iga to‘g‘ri keladi.
? Ulgurji savdo xizmatlarining ulushi (avtomobillar va mototsikllar savdosidan tashqari) 17.1 % ga yetdi.
? Avtomobillar va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi bo‘yicha xizmatlar, jumladan, avtomobillar va mototsikllarni ta‘mirlash bo‘yicha xizmatlarni qo‘shgan holda, savdo xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 5,1 % ni tashkil etdi.
✅ Ma'lumot o'rnida, 2021- yilning yanvarmay oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 4173.6 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 1050.3 mlrd. so‘mga oshdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 122.0 % ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati