24/06/2021

✅ 2021- yanvar-may oylarida, Namangan viloyatida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2554,2 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 2020- yilning mos davriga nisbatan 114,8 % ga o‘sgan holda, uning jami sanoatdagi ulushi 52,9 % ni tashkil etdi.

? Hududlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Namangan shahriga to‘g‘ri kelib, 41,7 % ni, shuningdek, Namangan tumani 11,9 % ni, To‘raqo‘rg‘on tumani 8,6 % ni, Chust tumani 8,0 % ni, Kosonsoy tumani 7,3 % ni, Uchqo‘rg‘on tumani 5,1 % ni hamda Pop tumani 4,2 % ni tashkil etdi.

? Shuningdek, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining o‘sish sur’atida viloyat o‘sish sur’ati (114,8 %) darajasidan yuqori ko‘rsatkich Сhust (2,3 marta), Mingbuloq (147,4 %), To‘raqo‘rg‘on (153,8 %), Kosonsoy (138,0 %) tumanlarida qayd etildi.

Matbuot xizmati