Vazirlar Mahkamasining 710 sonli qarori 8-bobida 2023- yilda aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazishga jalb etiladigan xodimlar faoliyatini belgilangan meʼyorlar asosida tashkil etish uchun aholini roʼyxatga olishni moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash 2020 — 2025 yillarda Qoʼmita rahbariyati tomonidan tasdiqlangan yillik xarid rejasi asosida amalga oshirilishi belgilangan.
Shuningdek, roʼyxatga oluvchilarning maxsus sumkalari, kantselyariya buyumlari, guvohnomasi, maxsus kiyimlari, fonar kabi tovar-moddiy boyliklar Qoʼmita va uning hududiy organlari tomonidan «Davlat xaridlari toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xarid qilinadi.
2021- yilda (sinov tariqasida) va 2023- yilda aholini roʼyxatga olish varagʼi shakllarini va boshqa aholini roʼyxatga olish hujjatlarini markazlashtirilgan holda chop etish va ularni hududiy statistika organlariga yetkazib berish Qoʼmita tomonidan amalga oshiriladi.
Matbuot xizmati