✅ 2021- yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyatida moliyaviy xizmatlar hajmi 728.2 mlrd. so‘mni - tashkil etdi. Taqqoslash uchun: moliyaviy xizmatlar hajmi 2020- yil yanvar-may oylarida 564.2 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan.
? Ularning umumiy xizmatlar hajmidagi ulushi 17.4 % ni tashkil etdi. 2020- yil yanvar-may oylarida ularning ulushi esa 18.0 % ni tashkil etgan.
? O‘tgan yilning shu davriga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmini 164 mlrd. so‘mga ko‘payishi kuzatildi. Moliyaviy xizmatlarning o‘sishi 125.1 % ni tashkil etdi.
✅ Ma'lumot o'rnida, Мoliyaviy xizmatlar hajmi - moliyaviy vositachilik hisobidan olingan foizli daromadlar hajmi (xizmatlar uchun belgilangan to‘lovlar miqdorida), shuningdek, moliya muassasasi tomonidan ssuda berish yoki depozitni saqlash bo‘yicha xizmatlari uchun to‘lanadigan haq hisobiga ko‘ra olinadi.
Matbuot xizmati