28/06/2021

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil  11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari  to‘g’risida"gi 710-son Qarori imzolangan. 

Ushbu qarorda aholini roʼyxatga olish jarayonlariga jalb qilinadigan shaxslar Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi boʼlishi, davlat tilini bilishi, umumiy oʼrta, oʼrta maxsus (kasb-hunar taʼlimi) yoki oliy maʼlumotga ega boʼlishi, muomala layoqatiga ega boʼlishi, aholi bilan muloqotga kirisha oladigan, aniq va tushunarli yoza oladigan hamda tegishli hududda doimiy yashab turgan boʼlishi talab etiladi.
Аholini roʼyxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasporti) va STIR (soliq toʼlovchining identifikatsiya raqami) mavjud boʼlishi lozim.

Matbuot xizmati