2021- yil 28- iyun kuni videokonferensaloqa tarzida Islom hamkorlik mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy, ijtimoiy va kadrlar tayyorlash instituti (SESRIC) hamda BMTning savdo va rivojlanish bo'yicha konferensiyasi tomonidan “Islom hamkorlik tashkilotiga a‘zo davlatlarda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar statistikasi” mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.
Vebinarning asosiy maqsadi – xalqaro miqyosda e'tirof etilgan standartlar va transmilliy kompaniyalar faoliyati, ma'lumot to'plash bo'yicha ko'rsatmalar haqida xabardorlikni oshirish; statistika ma'lumotlarini mustahkamlash va takomillashtirishga yo'l ochadigan so'nggi metodologiya va tendentsiyalarni yoritishdir. Shuningdek, Islom hamkorlik mamlakatlarining statistik ma'lumotlarni to'plash, kompilyatsiya qilish, qayta ishlash va tarqatish sohasidagi salohiyatni oshirishga yordam beradi.
Onlayn seminarda “To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya tushunchasi, ta'rifi va o'lchovlari”, “To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash”, “Transmilliy kompaniyalarning xorijiy filiallari statistikasi” va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Vebinar ishtirokchilari BMTning savdo va rivojlanish bo'yicha konferensiyasining investitsiya va tadbirkorlik bo'limi boshlig'i janob Bolviyn, seksiya rahbari Sulstarova honim, Shveytsariya Milliy bankining moliyaviy hisoblar bo'limi boshlig'i janob Flyumann va boshqa xalqaro ekspertlarning ma'ruzalarini tingladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig'i o‘rinbosari Javlon Soipov qatnashdi.
Seminar yakunida ishtirokchilar statistik amaliyotning barcha dolzarb masalalari bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
Matbuot xizmati