“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3-avgustdagi 4796-sonli “O‘zbekiston Respublikasi milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 2- ilovasi bilan tasdiqlangan “Yoʼl xaritasi”ning 84-bandi ijrosini taʼminlash, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar sifatini yanada yaxshilash, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarining “Statistika asoslari” bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida joriy yilning 30-2 iyun kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasi, kadrlar malakasini oshirish va tadqiqotlar instituti tomonidan "Statistika asoslari" mavzusidagi oʼquv kursi tashkil etildi.
Unda kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor B. G‘ayibnazarov shuningdek, institutning katta oʼqituvchisi F. Umarov tomonidan viloyat, tuman va shahar hokimliklari hamda viloyat tashkilotlari iqtisodchi xodimlari malakasini oshirish maqsadida "Statistika" fani predmeti, uslublar, usullari va vazifalari, statistik kuzatish, statistik koʼrsatkichlar, mutlaq va nisbiy koʼrsatkichlar, oʼrtacha miqdorlar va oʼrtacha tuzilmaviy koʼrsatkichlar kabi mavzular boʼyicha ma’ruzalar o'tkazilishi rejalashtirilgan. Kelgusida ushbu bilimlar hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar sifatini yanada yaxshilanishiga hamda xalq xoʼjaligida samarali qoʼllashida xizmat qiladi.
Ma'lumot o'rnida, oʼquv kurslari yakunida 13 ta viloyat, tuman va shahar hokimliklari hamda 38 ta viloyat boshqarma, idora va tashkilotlardan jami 89 ta tinglovchilarga sertifikatlar topshirilishi rejalashtirilgan.
Matbuot xizmati