Namangan viloyatida 2021-yil hosili uchun 67 ming 750 gektar maydonda kuzgi boshoqli don yetishtirilib, davlat omborlariga jami 185.978 tonna, shundan 169.038 tonna tovar don va 16.940 tonna urugʻlik don jamgʻarish rejalashtirilgan.
10 oy davomida sidqidildan qilingan mehnat natijasini koʻrsatdi. Viloyatimiz gʻallakorlari rejani bugungi kunga 186.073 tonnaga yoki 100 foizdan oshirib, Respublikada ilgʻorlar qatorida bajardilar.
Viloyatimizda 11 ta tumanda gʻalla yetishtirilgan boʻlsa, ularning 9 tasida shartnomaviy reja ortigʻi bilan toʻldirildi. Qolgan 2 tumanimizda ham gʻalla yetarli. Dalalarda hosil moʻl, oʻrim-yigʻim ishlari qizgʻin davom etmoqda.
Hormang aziz gʻallakorlar, xalqimiz rizq-nasibasi yoʻlida kamarbasta sohibkorlar! Dasturxonlarimiz muqaddas neʼmat sanalgan nonga toʻkis va fayzli boʻlishida sizlarning kunni tunni ulab qilgan mehnatingiz tahsinga sazovor!