01/07/2021

Joriy yilning 30- iyun kuni Namangan viloyati Uchqo'rg'on tumani madaniyat bo'limi hamda toza hudud bo'limi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil  11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari  to‘g’risida"gi 710-son Qarori  ijrosi yuzasidan targ’ibot ishlari olib borildi.

Tadbirda tuman statistika bo'limi xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 710-son Qarorining mazmun mohiyati to‘g’risida tushuntirishlar berib, aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, ro‘yxatga olishning nima uchun zarurligi hamda qarorda aholini ro‘yxatga olish savolnomalari tasdiqlanganligi tog’risida tushuntirishlar berib o‘tildi.

 Ushbu Qarorda "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida" nizom, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish jarayoniga jalb etiladigan shaxslar mehnatiga haq to‘lash miqdori, O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda natijalarini e`lon qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanganligi yuzasidan tushunchalar berildi.

Matbuot xizmati