06/07/2021

Joriy yilning 6- iyul kuni Davlat statistika qoʻmitasida xalqaro ekspert ishtirokida “Sun’iy intellekt platformasining arxitekturasi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarda Daniyadagi Microsoft ofisining Ma’lumot va Sun’iy intellekt asosida Bulutli yechim arxitekturasi departamenti direktori (Head of Data and AI Cloud Solution Architecture, Microsoft Denmark)  Umid Axmedov mavzu yuzasidan taqdimot qildi.

Seminarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 17- fevraldagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4996-son qaroridagi Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portali faoliyati doirasida mahalliy ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari hamda axborot texnologiyalari sohasidagi dasturchilar va tashkilotlarga sun’iy intellekt asosidagi dasturiy ta’minotda foydalanish uchun davlat va boshqa ma’lumotlar toʻplamlarini olish imkoniyatini taqdim etuvchi raqamli ma’lumotlar platformasini yaratish bilan bogʻliq boʻlgan masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari qatnashdi.

Seminar so‘nggida mavzu yuzasidan ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga ekspert tomonidan atroflicha javob berildi.

Matbuot xizmati