07/07/2021

Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boʼlib turgan Namangan viloyati delegatsiyasi INNOPROM Xalqaro koʼrgazmasi doirasida Rossiya Federatsiyasining bir qator rasmiy doira vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Xususan, Rossiya Federatsiyasining Perm hamda Namangan viloyatlari oʼrtasida hamkorlik memorandumi imzolanib, Perm viloyati vakillarining Namangan viloyatiga joriy yilning oktyabrь oyida tashriflari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Krasnodar viloyati vakillari bilan oʼtkazilgan muzokaralarda Krasnodar viloyatida yengil sanoatni mahalliylashtirish hamda Namangan viloyatida meva-sabzavot hamda oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish loyihalari ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, "Arnest" aktsionerlik jamiyati tomonidan "Kosonsoy-farm" erkin iqtisodiy zonasida tayyor dori vositalarini ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish boʼyicha kelishuvlarga erishildi.

Delegatsiyaning Yekaterinburg shahriga tashrifi davom etmoqda

Namangan.uz