Mamlakatimizdagi eng yirik loyihalardan biri boʼlmish “Namangan new city” loyihasning tamal toshi qoʼyish marosimi boʼlib oʼtdi.
Davlatobod va Toʼraqoʼrgʼon tumanlari chegarasida joylashgan teng yarmi yashil hudud boʼlishi koʼzda tutilgan 558,0 gektarlik maydonda 250 dan ortiq 9-16 qavatli turar-joy majmuasi, 30 dan ortiq savdo majmualari, shuningdek maktab, oliy taʼlim muassasalari, shifoxona va boshqa ijtimoiy soha obьektlarini barpo etish rejalashtirilgan.
Mazkur loyihani toʼliq ishga tushirish orqali butun dunyo standartlariga javob beruvchi “Smart city” yaʼni aqlli shaxarcha barpo etishni oʼz oldimizga maqsad qilib olganmiz.
Bugun ushbu marosim bilan birgalikda “Namangan Hua Cheng Estate Development” kompaniyasiga “Namangan new city” hududidan ajratilgan 16,0 gektar yer maydonida bunyod etilishi rejalashtirilgan ijtimoiy soha obьektlariga tamal toshi qoʼyiladigan kun. Ushbu loyihaning qiymati 120,0 mln.dollarni tashkil etib, loyiha doirasida jami 56 ta turar-joy binolari, 3100 ta xonadonlar, shuningdek maktab, bolalar bogʼchasi va shifoxona bunyod etiladi.
Barchamizga maʼlumki, soʼngi yillarda Namangan viloyati hamda Xitoy Xalq Respublikasi oʼrtasida investitsion hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda. Oʼtgan 2020 yil yakuni bilan Namangan viloyati bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʼrtasidagi tashqi savdo aylanmasi 214,4 mln. АQSh dollarni tashkil etdi (eksport 43,0 mln.dollar, import 171,4 mln.dollar).
Hozirgi kunda Namangan viloyatida Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan 32 ta qoʼshma va xorijiy korxonalar turli xil yoʼnalishlarda faoliyat olib bormoqda.
Shuningdek, 2021-2022 yillarda Namangan viloyatida Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda Sanoat, xizmat koʼrsatish sohalarda jami 27 ta umumiy qiymati 468,0 mln.dollar boʼlgan investitsion loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu loyihalarning ishga tushishi natijasida 7 814 ta yangi ish oʼrinlari yaratilishi koʼzda tutilgan.
Bundan tashqari, Oʼtgan 2020 yil yakuniga bilan Namanganda viloyatiga Xitoylik sarmoyadorlar tomonidan 177,6 mln.dollarlik xorijiy investitsiya kiritilgan boʼlsa, joriy yilning bugungi kuniga qadar 48,8 mln.dollar mablagʼlari oʼzlashtirilgan.
Yuqorida keltirilgan raqamlar Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik - iqtisodiyotimiz uchun muxim ahamiyat kasb etishini bildiradi.