Joriy yilning 12- iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasida videokonferensaloqa tarzida Xalqaro valyuta jamg'armasi (XVJ) statistika departamentining texnik yordam missiyasi boshlandi. Missiyaga XVJ statistika bo‘limi Real sektorining katta iqtisodchisi Brayan Graf boshchilik qiladi.
Ushbu missiya 2020- yilning oktabr oyida o‘tkazilgan avvalgi missiyaning davomi bo‘lib, joriy yilning 12–16- iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Missiyaning asosiy vazifalari qishloq xo‘jaligi uchun ishlab chiqaruvchilar narxlari indekslarini ishlab chiqishdagi mavjud holatni muhokama qilish, shuningdek, qurilish sohasida narxlar indeksini hisoblash masalalarini muhokama qilishdan iborat.
Missiya ishida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig'i Muxtor Umarov boshchiligidagi Markaziy apparat xodimlari ishtirok etmoqda.
Tadbir dasturiga muvofiq, missiyaning birinchi kunida 2020- oktabr oyida o‘tkazilgan uchrashuv natijalari yuzasidan taqdim etilgan tavsiyalarni bajarishda erishilgan yutuqlar muhokama qilindi.
Missiya ishi davom etmoqda.
Matbuot xizmati