14/07/2021

Mazkur tartib, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11 noyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan boʼlib, 2021- yilda sinov tariqasida aholini roʼyxatga olish tadbirini tashkil etish jaryonida roʼyxatga olish varagʼi shakllari va roʼyxatga olishning boshqa hujjatlarini yetkazib berish, toʼldirilgan roʼyxatga olish varagʼi shakllari va roʼyxatga olishning boshqa hujjatlarini yigʼib olish munosabatlarida foydalanish uchun moʼljallangan.
Roʼyxatga olish varagʼi shakllari va boshqa hujjatlarini yetkazib berish va yigʼib olish ushbu tartib doirasidan chetga chiqmagan holda yagona metodika boʼyicha amalga oshirilishi lozim.
Hududiy komissiyalar tomonidan taqdim etilgan buyurtmalarga asosan qoʼmita sinov tariqasida aholini roʼyxatga olish varagʼi shakllari va boshqa roʼyxatga olish hujjatlarini hududlar boʼyicha taqsimlaydi va hududiy komissiyalarga sinov tariqasida aholini roʼyxatga olish boshlanish vaqtidan kamida 3 oy oldin yetkazib beradi.

Matbuot xizmati