14/07/2021

Namangan viloyatida roʼyxatdan oʼtgan oilaviy korxonalar soni 2021- yil 1- iyul holatiga 1 191 tani tashkil etib, shundan faoliyat koʼrsatayotganlari soni 1 155 tani tashkil etib, bu koʼrsatkich oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 420 taga oshgan.

Shuningdek, hududlar kesimida qaralganda, faoliyat koʼrsatayotgan oilaviy korxonalar soni:
? Namangan shahri – 261 ta
? Mingbuloq tumani – 21 ta
? Kosonsoy tumani – 62 ta
? Namangan tumani – 137 ta
? Norin tumani – 27 ta
? Pop tumani –23 ta
? Toʼraqoʼrgʼon tumani – 215 ta
? Uychi tumani – 55 ta
? Uchqoʼrgʼon tumani – 99 ta
? Chortoq tumani – 85 ta
? Chust tumani – 60 ta
? Yangiqoʼrgʼon tumani – 110 tani tashkil etdi.

✅ Maʼlumot oʼrnida: 2021- yil yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni 239 tani tashkil etib, bu koʼrsatkich oʼtgan yilning shu davriga nisbatan 4 taga yoki 1,6 % ga kamaygan.

Matbuot xizmati