15/07/2021

Tashkiliy huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 2021- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra 20 628 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 397 taga yoki 1,3 martaga oshganligini ko‘rish mumkin.

Faoliyat ko‘rsatayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 20 083 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 246 taga yoki 1,3 martaga oshganligini ko‘rish mumkin.

2021- yilning yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etilgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 2 687 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 410 taga yoki 1,2 martaga oshganligini ko‘rish mumkin.

Matbuot xizmati