O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Qarori ijrosini taminlash yuzasidan 2021- yilning 23- iyul kuni Namangan viloyati Mingbuloq tumanida targ’ibot ishlari olib borildi.
Tadbirda tuman statistika bo'limi xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 710-son Qarorining mazmun mohiyati to‘g’risida tushuntirishlar berib, aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, ro‘yxatga olishning nima uchun zarurligi hamda qarorda aholini ro‘yxatga olish savolnomalari tasdiqlanganligi tog’risida tushuntirishlar berib o‘tildi.
Ta’kidlash lozimki, mazkur tadbirlar Yevropa Statistiklar Konferensiyasining 2020- yil raundida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha tavsiyalari asosida tashkil etilmoqda
Matbuot xizmati