24/07/2021

Aholini ro‘yhatga olish varag‘i shakllari va boshqa hujjatlarni taqsimlash, hududiy komissiyalar tomonidan, registratorlar ishining yakunlari asosida tayyorlangan tashkiliy rejalarga asosan, tuman va shaharlar hamda ulardagi hisob, instruktorlik va ro‘yhatga olish uchastkalari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Shuningdek, hududiy komissiyalar tomonidan ro‘yhatga olish varag‘i shakllarini taqsimlashda aholining ayrim toifalarini ro‘yhatga oluvchi tashkilotlarning buyurtmalari ham hisobga olinadi.

         Hududiy komissiyalar tomonidan sinov tariqasida aholini ro‘yhatga olish varag‘i shakllari va boshqa hujjatlari tuman, shahar aholini ro‘yhatga olish bo‘limlariga aholini ro‘yhatga olish boshlanish vaqtidan kamida 35 kun oldin yetkazib beriladi.

         Tuman, shahar aholini ro‘yhatga olish bo‘limlari sinov tariqasida aholini ro‘yhatga olish varag‘i shakllari va boshqa hujjatlarini aholini ro‘yhatga olish uchastkalariga sinov tariqasida aholini ro‘yhatga olish boshlanish vaqtidan kamida 25 kun oldin yetkazib beradi.

Aholini ro‘yhatga olish uchastkasi xodimlari tomonidan sinov tariqasida aholini ro‘yhatga olish varag‘i shakllari va boshqa hujjatlari instruktorlik uchastkalariga sinov tariqasida aholini ro‘yhatga olish boshlanish vaqtidan kamida 15 kun oldin taqdim etiladi.

Instruktorlar tomonidan ro‘yhatga oluvchilarga har kunlik beriladigan sinov tariqasida aholini ro‘yhatga olish varag‘i shakllari va boshqa hujjatlari hisob uchastkalari va statsionar uchastkalar bo‘yicha taqsimlanadi. Ro‘yxatga oluvchilar sinov tariqasida aholini ro‘yhatga olish varag‘i shakllari va boshqa hujjatlari, kanselyariya mahsulotlarini saqlash va olib yurish uchun maxsus sumka bilan ta’minlanadi. Ushbu maxsus sumka har bir hisob uchastkasiga bittadan beriladi (hisob uchastkasidagi aholi soni belgilangan me’yorlardan sezilarli darajada oshishi kuzatilgan hollarda zaxiradan qo‘shimcha maxsus sumka olinishi mumkin).

Namangan shahar statistika bo'limi