Mamlakatimizda mustaqillik davrida ilk bor o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish tadbiri sinov tariqasida 2021 yilning 1-25 noyabr kunlari Respublikamizning Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani hamda Xorazm viloyatining Xiva shahrida o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, Mamlakatimizning barcha hududlarida esa 2023 yil 1-25 noyabr kunlari o‘tkazilishi Vazirlar Mahkamasining 710-son Qarorlari asosida belgilab o‘tilgan.
Ushbu tadbir yurtimiz uchun muhim tadbir hisoblanib, unga bir qancha davlat idoralari hamda fuqarolar jalb etilishi belgilangan. Albatta ushbu tadbirda Namangan viloyati bo‘yicha hududiy komissiyalar tomonidan tanlab olingan fuqarolar Vazirlar Mahkamasining 710-son Qarori asosida belgilangan ish yuklamasidan kelib chiqqan holda ishga qabul qilinadi.
Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga quyidagi toifadagi xodimlar jalb qilinadi:
respublika darajasida — respublika komissiyasi tarkibiga kiritilgan vazirlik va idoralar, Qo‘mita markaziy apparati hamda Qo‘mita huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari;
hududiy darajada — hududiy komissiyalar a’zolari, hududiy statistika boshqarmalari xodimlari hamda shartnoma asosida vaqtincha jalb etiladigan birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish markazlari xodimlari;
tumanlar (shaharlar)da — tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari va shartnoma asosida vaqtincha jalb etiladigan tuman va shahar ro‘yxatga olish bo‘limlari hamda ro‘yxatga olish uchastkasi, instruktorlik va hisob uchastkalari xodimlari.
Normativ-huquqiy hujjatlar, qo‘llanma va ma’lumotnoma hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, aholini ro‘yxatga olishni moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlashda hisob-kitoblarni tayyorlash uchun qo‘shimcha ravishda shartnoma asosida mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari aholini ro‘yxatga olish uchun jalb etiladigan shaxslarni belgilangan talablar asosida tanlab oladi va ro‘yxatini shakllantiradi.
Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga jalb etiladigan shaxslar ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi hududiy komissiyalar tomonidan tasdiqlanadi.
Aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan shaxslar ro‘yxati tegishli tashkilotlar rahbarlari tomonidan shakllantiriladi.
Matbuot xizmati