2021- yilning yanvar–iyun oylarida Namangan viloyati boʼyicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi oʼrinlarda – YaHM) hajmi joriy narxlarda 14 trln. 158,2 mlrd. soʼmni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 6,8 % ga oʼsdi.
✅ YaHM deflyator indeksi 2020- yil yanvar-iyun oylaridagi narxlarga nisbatan 112,5 % ni tashkil qildi.
✅ Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 4 mln. 915,3 ming soʼmni tashkil etdi va bu koʼrsatkich oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 4,7 % ga yuqoridir.
✅ Maʼlumot oʼrnida, 2021- yilning yanvar– iyun oylarida Oʼzbekiston Respublikasi boʼyicha YaIMning shakllanishida Namangan viloyatining qoʼshgan hissasi 4,4 % ni tashkil qildi.
Matbuot xizmati