30/07/2021

Viloyatning tashqi iqtisodiy faoliyati, xususan tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasiga bevosita o`z ta`sirini o`tkazadi.

2021- yil yanvar-iyun oyi yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 510,4 mln.AQSh dollarini tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 103,6 mln.AQSh dollariga ko`paydi.

Viloyati tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ulushga ega top:10 davlatlar

? Rossiya – 143,7 mln.
? Xitoy – 133,0 mln.
? Qozogʼiston – 55,9 mln.
? Turkiya – 48,5 mln. 
? Qirgʼiz R. – 31,6 mln.
? Hindiston – 10,1 mln. 
? Ukraina – 7,5 mln.
? Polsha – 7,4 mln
? Germaniya – 6,4 mln.
? Belorus – 6,0 mln. АQSh dollari

Ma'lumot o'rnida, TSA da eksport hajmi 220,9 mln.AQSh dollariga (17,4 % ga ko`paydi) va import hajmi 289,5 mln.AQSh dollariga (32,4 % ga ko`paydi) yetdi. Hisobot davrida – 68,5 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.

Matbuot xizmati