2021– yilning yanvar– iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 8 127,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘sish surat 2020– yilning mos davriga nisbatan 103,9 % ni tashkil etgan. Shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar– 7 474,9 mlrd. so‘mni (104,2 %), o‘rmon xo‘jaligi– 640,6 mlrd. so‘mni (101,3 %), baliq xo‘jaligi – 12,2 mlrd. so‘mni (117,3 %) tashkil qildi.
Ma'lumot o'rnida, Respublika qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi tarkibida Namangan viloyatining ulushi 7,0 % ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati