Mamlakatimizda turli millat vakillarini qoʼllab-quvvatlash, ularning mehnatlarini yuksak eʼtirof etish maqsadida, Ishmakov Shamil Nailevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan “Shuhrat” medali bilan hamda 8 nafar fuqarolar “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Viloyat hokimi ishtirokida oʼtkazilgan tadbirda medal va koʼkrak nishoni sohiblari tantanali surʼatda taqdirlanib, qimmatbaho sovgʼalar ulashildi.
Tadbirda viloyat hokimi Shavkatjon Аbdurazzaqov, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʼstlik aloqalari qoʼmitasi raisi Rustamjon Qurbanov ishtirok etdi.
Eslatib oʼtamiz, Prezident farmoniga asosan
Shamil Ishmakov «Shuhrat» medali bilan,
Konstantin Lobanov, Gulnur Boymirzaeva, Mavluda Sotiboldieva, Kaimjon Kalonov, Аbduvahob Jalolov, Maxfiratxon Istamkuloova, Larisa Ni lar Vazirlar Mahkamasining «Xalqaro doʼstlik» koʼkrak nishoni bilan taqdirlanishgandi.
Namangan.uz