05/08/2021

Namangan viloyati bo‘yicha 2021– yilning yanvar– iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 71,7 ming t. go‘sht ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich 2020– yilning yanvar – iyun oylariga nisbatan 5,4 % ga ko‘paygan.

 ❇️Namangan viloyati hududlar bo‘yicha go‘sht yetishtirish hajmi, tonna

 

Ma'lumot o‘rnida, go‘sht ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, go‘sht ishlab chiqarish umumiy hajmidan 93,5 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelganini qayd etish zarur.

Matbuot xizmati