05/08/2021

Ushbu yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining "Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida"gi Qonunining 22-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 710-son qaroriga muvofiq sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini xalqaro tavsiyalarga mos ravishda o‘tkazilishini tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan.

   Tashkiliy rejani ishlab chiqish ro‘yxatga olish xodimlari uchun belgilangan o‘rtacha yuklamalar asosida hududiy statistika boshqarmalari hamda tuman (shahar) aholini ro‘yxatga olish bo‘limlari tomonidan aholini ro‘yxatga olishni rejalashtirish (tuman (shahar), aholini ro‘yxatga olish, instruktorlik va hisob uchastkalariga bo‘lish) maqsadida amalga oshiriladi. Bunda tuman (shahar)larning ma’muriy xaritalari, qishloq aholi punktlari va mahallalarning sxematik rejalari, qishloq aholi punktlari va mahallalar ro‘yxati, aholi soni ko‘rsatilgan uy va xonadonlar manzillari kabi ma’lumotlardan foydalaniladi.

Namangan shahar statistika bo‘limi