2021- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik subyektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 71,6 % ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 12,6 birlikni tashkil qildi.
2021- yilning yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ulushi, % da
? Savdo - 36,1 %
? Sanoat - 28,3 %
? Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi - 12,5 %
? Qurilish - 6,5 %ni tashkil qildi.
✅ Ma'lumot o‘rnida, 2021- yilning yanvar-iyunida 3411 ta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,1 foizga ko‘p demakdir.
Matbuot xizmati