10/08/2021

Joriy yilning 10- avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari bilan birgalikda “Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish tamoyillari” mavzusida masofaviy o‘quv seminari tashkil etildi. O‘quv seminarda boshqarma xodimlari hamda tuman va shahar bo‘limi boshliqlari va  mutaxassislari ishtirok etdi.

Belgilangan reja grafik asosida tashkil etilgan ushbu o‘quv seminarida Statistik registrlarni yuritish bo‘limi boshlig‘i A.Siddiqov korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish bo‘yicha atroflicha tushunchalar berdi.

Shuningdek, o‘quv seminari davomida korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritishda qatnashadigan tashkilotlarning vazifalari, korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritishdan foydalanuvchilarga axborot-maʼlumotnoma xizmati koʼrsatish tartibi yuzasidan ma’lumotlar berildi.

O‘quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Matbuot xizmati