11/08/2021

Namangan viloyatida, 2021- yilda asosiy kapitalga 5 trln. 366,9 mlrd. so‘mlik investitsiyalar yo‘naltirildi, shundan 77,1 % jalb qilingan mablag’lar, 22,9 % korxonalar va tashkilotlarning o‘z mablag’lari hisobidan ta’minlandi.

 Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari;

To‘g’ridan-to‘g’ri va boshqa xorijiy investitsiyalar hamda kreditlar - 1 trln. 824,7  mlrd. so‘m,

Korxonalar mablag’i, mahalliy byudjet va homiy rezident mablag’lari - 1 trln. 234,2  mlrd. so‘m,

Bank kreditlari va boshqa qarz mablag’lari  - 990,9  mlrd. so‘m,

Aholi mablag’lari - 659,4  mlrd. so‘m,

O‘zbekiston Respublikasi kafolati bilan chet el kreditlari - 332,1  mlrd. so‘m, 

Respublika byudjeti - 214,9  mlrd. so‘m,

Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari - 72,8  mlrd. so‘m,

Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg’armasi - 37,8  mlrd. so‘mni tashkil etdi.

 ✅ Ma'lumot o‘rnida, asosiy kapitaldagi investitsiyalarning katta qismi yangi qurilishga yo‘naltirildi. Yangi qurilishga kiritilgan investitsiyalar hajmi 3 trln. 002,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi, bu jami investitsiyalarning 56,0 % ini tashkil etdi.

Matbuot xizmati