12/08/2021

Ma‘lumki, 2020- yil 1- iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari boʻyicha o‘tkazilgan yigʻilishda davlatimiz rahbari tomonidan statistika tizimini takomillashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan qator topshiriqlar berilgan edi.

Berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati statistika boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning kasbiy bilim va malakasini oshirish bo’yicha masofaviy o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda.

2021- yilning 12- avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari bilan birgalikda “Xizmatlar sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida navbatdagi videoseminar bo‘lib o‘tdi. O'quv seminarda boshqarma boshlig'i o‘rinbosari B. Raxmanov, boshqarma xodimlari va tuman, shahar bo'limi boshliqlari hamda mutaxassislari ishtirok etdi.

Videoseminarda boshqarma boshlig'i S.Melixujayev, hamda boshqarmaning Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi mutaxassisi M. Otamirzayeva xizmatlar sohasi statistikasiga oid atamalar, ishlab chiqarilgan (koʼrsatilgan) xizmatlar hajmini xizmat turlari kesimida solishtirma narxlardagi oʼsish surʼatlarini hisoblash usullari yuzasidan tushunchalar berdi.

O’quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

Matbuot xizmati