18/08/2021

Ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2021- yil 1- avgust holatiga ko‘ra 287 tani tashkil etib, ulardan 279 tasi yoki 97,2 % faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 29 taga yoki 1,1 martaga oshganligini ko‘rish mumkin.

Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni (iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha 1- avgust holatiga, birlikda)

?Sanoat - 139,
?Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi - 39,
?Savdo - 34,
?Boshqa turlari - 23,
?Qurilish - 20,
?Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish - 13,
?Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar - 8,
?Tashish va saqlash - 3 tani tashkil etadi.

Ma'lumot o‘rnida, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizda 23 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi.

Matbuot xizmati