18/08/2021

2021- yil 18- avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari bilan birgalikda “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarining shakillanishi va ularning tahlili” mavzusida navbatdagi o‘quv vebinari tashkil etildi.

O‘quv seminarda boshqarmaning Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi xodimlari  va shahar, tuman bo‘limi boshliqlari hamda mutaxassislari ishtirok etdi.

Videokonferensiyada Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi xodimlari tominidan qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid asosiy tushunchalari qishloq o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining hajmini hisoblash usullari, qishloq xo‘jaligi va ekologiya bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarning shakllanishi va ularning tahlili, fermer xo‘jaligi va dehqon xo‘jaligi faoliyatini tanlanma kuzatuvlar maʼlumotlarini shakllantirish, hosildorlik, yer maydoni va boshqa qishloq xo‘jaligiga oid ko‘rsatkichlarni hisoblash usullari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

O‘quv seminari so‘nggida tuman, shahar statistika bo‘limi xodimlari tomonidan berilgan savollarga boshqarma mutasadilari batafsil javob berdi.

 

Matbuot xizmati