Аholini roʼyxatga olish ishlariga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish boʼyicha 20 dan ortiq davlat organlari jalb etilgan boʼlib, ishchi komissiya tarkibi tasdiqlangan.
Ushbu aholini roʼyxatga olish tadbirida Davlat statistika qoʼmitasi aholini roʼyxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi sifatida quyidagilarni amalga oshiradi:
- aholini roʼyxatga olish boʼyicha metodika va qoʼllanma materiallar tayyorlaydi hamda belgilangan tartibda tasdikdaydi;
aholini roʼyxatga olish xujjatlari shakllarini, roʼyxatga oluvchi hodimlar guvohnomasi shaklini ishlab chiqadi;
aholini roʼyxatga olish varagʼidagi maʼlumotlarni kiritish, qayta ishlash va yakuniy maʼlumotlarni oʼz vaqtida olish boʼyicha avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqilishini tashkil qiladi;
aholini roʼyxatga olish xujjatlarini chop etish, moddiy-texnik taʼminot vositalarini tayyorlash (sotib olish) va ularni oʼz vaqtida hududlarga yetkazib berish ishlarini tashkil etadi;
aholini roʼyxatga oluvchi xodimlarni tanlab olish va oʼkitish tartibini belgilaydi, hududiy statistika boshkarmalari hodimlarini oʼkitishni tashkil etadi;
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda aholini roʼyxatga olishda foydalaniladigan kartografik materiallarni tayyorlash boʼyicha texnik shartlarni ishlab chiqadi;
aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish hamda maʼlumotlarni kiritish va qayta ishlash uchun vaqtinchalik binolarni ajratish boʼyicha qoʼllanmani ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
aholini roʼyxatga olish varagʼi shakllari tayyorlanishini va hududlarga yetkazilishini taʼminlaydi;
Oʼzbekistan Milliy axborot agentligi va Oʼzbekistan Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda 2023- yilda aholini ruyxatga olishni oʼtkazish haqida aholini xabardor qilish ishlarini (shu jumladan, SMS-xabarnoma, audio va video reklama materiallari, nashrlar va boshqalar) muvofiqlashtiradi;
aholini roʼyxatga olish jarayonlari hududiy komissiyalar bilan birgalikda sifatli oʼtkazilishini tashkil etishga koʼmaklashadi;
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish tartibini belgilaydi va ularga ishlov berishni amalga oshiradi.
Namangan shahar statistika bo‘limi